"Arsenal" futbolchisini ijaraga bermoqchi emas

  • 18.01.2026 19:45
  • Улуғбек Хошимов
  • 0
  • Futbol

"Arsenal" hujumkor yarim himoyachi Itan Nvanerini ijaraга bermoqchi emas.

Manbaga ko‘ra, 18 yoshli futbolchini Londonning "Vest Xem" klubi ijaraга olish bo‘yicha taklif yuborgan edi. "Arsenal" "bolg‘achilar"ning bu taklifiga rad javobini berdi. "Kanonirlar" vaziyatning vaqtincha o‘zgarishi yosh futbolchining foydasiga xizmat qilishiga ishonmayapti. Futbolchining "to‘pchilar" bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning yozida yakunlanadi. "Transfermarkt" portali Nvanerini 40 million yevroga baholagan.

Ma’lumot uchun, angliyalik futbolchi joriy mavsumda umumiy 12ta uchrashuvda maydonga tushdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!