“Arsenal” futbolchisini nemislar sotib oldi
Bundesliganing “Gamburg” klubi Londonning “Arsenal” jamoasidan yarim himoyachi Fabiu Viyeraning transferini to‘liq sotib oldi. Bu haqida Germaniya klubi matbuot xizmati xabar berdi.
26 yoshli portugalialik futbolchi o‘tgan mavsumni “Gamburg”da ijara asosida o‘tkazgan edi. Qayd etilishicha, futbolchi Bundesliga klubi bilan uzoq muddatli shartnoma imzolagan.
2025/2026 yildgi mavsumda Viyera Germaniya jamoasi safida barcha musobaqalarda 31 ta uchrashuv o‘tkazib, 7 ta gol urdi va 6 ta golli uzatma berdi.
“Arsenal” va “Gamburg”dan tashqari, yarim himoyachi avval Portugaliya chempionatida “Portu” safida ham to‘p surgan.
Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 18 million yevroni tashkil etadi.

Fikrlar