"Arsenal" hujumchisi Turkiyaga yo‘l olmaydi. Barcha yangiliklar yolg‘on bo‘lib chiqdi

  • 13 iyul, 19:39
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Arsenal" klubi hujumchisi Leandro Trossard joriy yozda Turkiyaga yo‘l olmaydi. Avvalroq ommaviy axborot vositalarida 30 yoshli belgiyalik futbolchi "Fenerbaxche" taklifini qabul qilgani va klub "Arsenal"ga transfer uchun 15 million evro to‘lashga tayyorligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Tecno

Biroq, jurnalist Ben Jeykobsning ma’lum qilishicha, bu xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi — Trossard "Fenerbaxche"ning transfer rejalarida yo‘q. Shuningdek, turk klubining "Tottenxem" yarim himoyachisi Iv Bissuma va "Aston Villa" vingeri Leon Beyliga bo‘lgan qiziqishi ham tasdiqlanmagan.

Trossardning "kanonirlar" bilan amaldagi shartnomasi kelasi yil yakunlanadi. Hozircha futbolchi va klub yangi kelishuv shartlarini kelisha olmayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!