"Arsenal" ikkita vingerni nishonga oldi

  • 12.12.2025 19:25
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

Londonning "Arsenal" klubi ikkita tezkor vingerni kuzatib bormoqda.

"Caught Offside" nashri bergan ma’lumotlarga qaraganda, "kanonirlar" yuqori darajadagi qanot futbolchisi sotib olishni rejalashtirmoqda. Klub Viktor Dyokereshga yordamchi qidiryapti. Manbaga ko‘ra, "Arsenal" uzoq vaqtdan beri "Real Madrid" futbolchisi Rodrigoga qiziqish bildirmoqda. Bundan tashqari, "Milan" etakchisi Rafael Leau ham jamoaning asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi. 

Ma’lumot uchun, londonliklar APLning 15-turidan so‘ng, 33 ochko bilan turnir jadvalining 1-pog‘onasini band etib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!