"Arsenal" Jezusni Devidga almashtirishni taklif qildi, "Yuventus" rad etdi
Londonning "Arsenal" klubi "Yuventus"ga Gabriel Jezusni Jonatan Devidga almashtirish bo‘yicha taklif bilan chiqdi. "To‘pchilar" 25 yoshli kanadalik hujumchini o‘z safiga qo‘shib olishdan manfaatdor bo‘lib, uning o‘rniga braziliyalik forvardni Turinga yuborishga tayyor ekanini bildirgan.
Biroq, italiyaliklar bu taklifni rad etdi, deb xabar bermoqda "TuttoJuve". Manbaga ko‘ra, londonliklar hujumchisining jarohatlar tarixi Italiya grandi rahbariyatida jiddiy xavotir uyg‘otgan.
Transfermarkt mutaxassislari Gabriel Jezusning transfer qiymatini 20 million evro deb baholamoqda. 28 yoshli forvard yaqinda tizza bog‘lamasi jarohatidan keyin safga qaytgan edi.
Jonatan Devid esa shu sayt ma’lumotiga ko‘ra 45 million evro baholanmoqda. Kanadalik hujumchi o‘tgan yozda "Lill"dan erkin agent sifatida "Yuventus"ga ko‘chib o‘tgan.
Fikrlar