
“Arsenal” katta xatoni to‘g‘rilaydi. Arteta Xavertsdan voz kechdi!
Bundesliganing eng zo‘r to‘purarlaridan bo‘lgan Kay Xaverts 2020 yili 80 million evro evaziga “Chelsi”ga transfer qilingan edi.
Nemis futbolchisi uch yil davomida o‘zini ko‘rsata olmadi. O‘tgan yoz Mikel Arteta uni Londonga taklif qildi. “Chelsi” o‘yinchini 75 million evro transfer qilib, xarajatini chiqarib oldi.
Biroq “Arsenal” murabbiy shtabiga ham Kay Xavertsning iqtidorini ochib yuborish nasib qilmadi.
Xaverts “kanonirlar” safida jami 17 ta o‘yinda maydonga tushib, bittadan gol va assist qayd etdi xolos. Endi Mikel Arteta ham undan voz kechishga tayyor.
“To‘pchilar” Kayni yanvar oyi yaxshi taklif bo‘lsa, sotib yuboradi. Hujumchining shartnomasi 2028 yilning yarmigacha tuzilgan.
Fikrlar