“Arsenal” kelishilgan o‘yin tufayli 10 yilga Evrokuboklardan chetlatildi

  • 17 iyul, 13:44
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Chernogoriya chempionatida ishtirok etib kelayotgan “Arsenal” (Tivat) kelishilgan o‘yin tufayli 10 yil muddatga UEFA shafe’ligida o‘tkaziladigan har qanday musobaqada ishtirok etish huquqidan mahrum qilindi.

Tecno

Bu haqda xalqaro futbol tashkiloti rasmiy sahifasida ma’lum qilindi.

Kelishilgan o‘yinni aniqlash uchun o‘tkazilgan tekshiruvda “Arsenal”ning 2023-2024 yilgi mavsumda Konferentsiyalar ligasi birinchi saralash raundida Armanistonning “Alashkert” jamoasiga qarshi bahsidagi natija sabab bo‘lgan.

Bu jamoalar o‘rtasidagi javob o‘yinida armanistonliklar 6:1 hisobida safar quchgan (umumiy hisob 7:2).

Chernogoriya futbol ittifoqi UEFA qarorini tasdiqladi.

“Arsenal” klubi uzoq muddatga Evrokuboklardan chetlatilganidan tashqari 500 ming evro miqdorida jarima ham to‘laydi.

Jamoa o‘yinchisi Nikola Chelebich va sport direktori Ranko Krgovich umrbod futbol faoliyatidan chetlatildi. Chetko Manoylovich, Radul Jivkovich va Dushan Puletich kabi o‘yinchilar o‘n yilga diskvalifikatsiya qilindi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!