Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

«Arsenal», «Manchester Siti» va «Liverpul» 20 yoshli himoyachini kuzatmoqda

Oybek Yo'ldoshev
Izohlar: 0

«Arsenal», «Manchester Siti» va «Liverpul» Jivayro Ridni sotib olishga jiddiy qiziqmoqda, «Feyenoord» 20 mln evroni rad etdi.

«Feyenoord» klubi tarkibida harakat qilayotgan qanot himoyachisi Jivayro Rid faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin.

TEAMtalk nashri xabariga ko‘ra, niderlandiyalik futbolchiga APLning uch yetakchi klubi — «Arsenal», «Manchester Siti» va «Liverpul» jiddiy qiziqish bildirmoqda. Ushbu jamoalar Ridni yozgi transfer oynasidayoq kuzata boshlagan va hozir ham uning rivojlanishiga katta e’tibor qaratmoqda.

Ma’lumotlarga qaraganda, bugungacha «Feyenoord» Jivayro Rid uchun tushgan takliflarni rad etib kelgan. Jumladan, klub «Roma» va «Nottingem Forest» tomonidan taklif etilgan 20 million yevro miqdoridagi summaga rozi bo‘lmagan.

Joriy mavsumda himoyachi barcha musobaqalar hisobga olingan holda sakkizta o‘yinda maydonga tushdi va beshta golli uzatma muallifiga aylandi.

Transfermarkt portali Ridning transfer qiymatini 25 million yevro atrofida baholamoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q