«Arsenal» muhim futbolchisi bilan shartnomani uzaytirishga yaqin

  • 23.09.2026 13:30
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Arsenal» jamoasining yarim himoyachisi va sardori Martin Edegor yaqin kunlarda klub bilan shartnomasini uzaytirishi mumkin. Bu haqida TEAMtalk nashri xabar berdi.

Manba ma'lumotiga ko‘ra, «kanonirlar» bosh murabbiy Mikel Arteta bilan yangi shartnoma borasida kelishuvga erishgach, endilikda e'tiborni Edegor bilan bitimni uzaytirishga qaratgan. Futbolchining o‘zi ham «Arsenal»da uzoq muddat qolish istagini bildirgan. Tomonlar yangi kelishuv borasida yakuniy bosqichga yaqinlashgani aytilmoqda.

Edegor 2021 yildan buyon «Arsenal» sharafini himoya qilib kelmoqda. Joriy mavsumda 27 yoshli Norvegiya terma jamoasi a'zosi barcha musobaqalar doirasida sakkizta o‘yinda maydonga tushib, to‘rtta gol urdi.

Hozirgi kunda Edegorning London klubi bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!