“Arsenal” mundialdagi eng omadsiz futbolchini so‘rab taklif yubordi

  • 21.06.2026 08:13
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Yuventus»ning 21 yoshli yarim himoyachi-vingeri Kenan Yildizga Londonning «Arsenal» jamoasi jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Tuttosport nashri xabar berishicha, yaqin kunlarda «Arsenal» turk futbolchisi bo‘yicha «Yuventus»ga yangi so‘rovlar yo‘llagan. Yildiz yozgi transfer bozorining eng talabgir futbolchilaridan biriga aylanishi mumkinligi aytilmoqda.

Shu bilan birga, manbalarga ko‘ra, Kenan Yildizning o‘zi hozircha «Yuventus»da qolishga moyil. U Turin klubining yangilangan loyihasida muhim figuraga aylangani, jamoadagi roli tobora ortib borayotgani ta’kidlanadi.

O‘tgan mavsumda Yildiz «Yuventus» safida barcha musobaqalar doirasida 47 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 10 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Transfermarkt portali hisob-kitoblariga ko‘ra, turkiyalik futbolchining bozor qiymati hozircha 75 million yevro atrofida baholanmoqda.

2026 yildgi jahon chempionatida yulduzli tarkibga ega bo‘lgan Turkiya milliy terma jamoasi guruh bosqichida ketma-ket ikki marta mag‘lubiyatga uchrab, pley-offga chiqish imkoniyatini yo‘qotdi. Turk muxlislari qattiq ishonqan Kenan Yildiz ham huddi Arda Gyuler singari o‘z darajasida o‘ynay olmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!