"Arsenal" MYu futbolchisi uchun kurashga qo‘shildi

Londonning "Arsenal" klubi "Manchester Yunayted"ning "Roma"da ijara asosida to‘p surayotgan himoyachisi Kris Smollingni tarkibiga qo‘shib olmoqchi.

Mirror nashri manbasiga ko‘ra, "kanonirlar" angliyalik futbolchi uchun keyingi yozda transfer taklifini yuborishni rejalashtirishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Smolling uchun "Everton", "Inter" va "Roma" klublari ham da’vogarlik qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!