"Arsenal"ni yana bir yulduz tark etadi

  • 16.07.2026 11:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Braziliyalik vinger Gabriyel Martinelli yozgi transfer oynasi davomida «Arsenal»ni tark etishi mumkin. Insayder Ekrem Konurning ijtimoiy tarmoqlardagi ma'lumotlariga ko‘ra, futbolchi atrofida jiddiy transfer kurashi shakllanmoqda.

«Manchester Yunayted», «Nyukasl» va «Bavariya» klublari Martinelliga katta qiziqish bildirmoqda va uning «Arsenal»dagi holatini diqqat bilan kuzatib bormoqda. Ma'lumotlarga qaraganda, ushbu jamoalarning har biri braziliyalik hujumchi uchun kurashga qo‘shilishi mumkin.

Shu bilan birga, «Roma» va «Yuventus» rahbariyati allaqachon «Arsenal» bilan bog‘lanib, futbolchini sotib olish ehtimolini muhokama qilgani xabar qilinmoqda.

Martinelli 2019 yil iyul oyidan beri «Arsenal» sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning London klubi bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil iyuniga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 45 million yevro atrofida baholagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!