"Arsenal" Norvegiya terma jamoasi yarim himoyachisini sotib olishi mumkin

  • 26.07.2026 15:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Londonning «Arsenal» klubi rahbariyati shu yozgi transfer oynasida «Benfika» va Norvegiya terma jamoasi yarim himoyachisi Andreas Shelderupni o‘z safida ko‘rish uchun kurash olib borishni rejalashtirmoqda.

Insayder Ekrem Konur tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, 22 yoshli norvegiyalik futbolchi Angliyaning amaldagi chempioni diqqat markaziga tushgan. Shelderupga faqat «Arsenal» emas, balki «Tottenxem» va «Roma» ham jiddiy qiziqish bildirmoqda. Shu bilan birga, «Benfika» rahbariyati futbolchini sotishga shoshilmayapti. Lissabon klubi norvegiyalik yarim himoyachini kamida 100 million yevro evaziga qo‘yib yuborishni ko‘zlamoqda.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda Andreas Shelderup Portugaliya chempionati doirasida «Benfika» tarkibida 28 ta uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma muallifiga aylandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!