"Arsenal" osiyolik futbolchini shoshilinch sotib olmoqchi

  • 17.10.2026 07:06
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Arsenal» qishki transfer oynasida «Bavariya» markaziy himoyachisi Kim Min Jэni olib kelish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. London klubining bu qarorga qiziqishi Piero Inkapyening jarohati bilan bog‘liq. U «Lids»ga qarshi APLning 6-turi bahsidan so‘ng o‘tkazilgan qizish mashg‘uloti paytida shikast olgan.

Jamoa bosh murabbiyi Mikel Artetaga ko‘ra, kolumbiyalik himoyachi bir necha hafta maydonga tusha olmaydi. Aniq muddatlar hozircha belgilangan, shu bois «Arsenal» qishda himoya chizig‘ini kuchaytirish variantlarini o‘rganа boshlagan.

Kim Min Jэ nomzodi muhokamalarga «Napoli»da u bilan birga ishlagan, hozirda esa «Arsenal» tizimida faoliyat yuritayotgan Mauritsio Mikeli orqali kirib kelgani aytilmoqda. U Janubiy Koreya terma jamoasi himoyachisini yaxshi biladi va klub ichida uning imkoniyatlari bo‘yicha ma’lumot bergan.

Shu bilan birga, «Bavariya» rahbariyatida Kimni sotish masalasida yagona fikr yo‘q. Bir tomondan, myunxenliklar transferdan tushadigan mablag‘ni o‘z tarkibini yangilash va boshqa pozitsiyalarni mustahkamlash uchun ishlatishi mumkin. Ikkinchi tomondan, Kim o‘rniga ko‘rilayotgan Hiroki Itoning tez-tez jarohat olishi nemis klubini jiddiy xavotirga solmoqda.

Yana bir omil — Kim Min Jэning o‘yinidagi xatolar. Uning ba’zi muhim o‘yinlarda yo‘l qo‘yayotgan kamchiliklari Premier-liga kabi yuqori sur’at va bosim talab qiladigan chempionatga qay darajada tayyor ekani borasida savollar tug‘dirmoqda.

Shu sababli, mutaxassislar qishki transfer amalga oshish ehtimolini juda past deb baholamoqda. Hozircha esa «Arsenal» mavsumni ishonchli boshladi: jamoa APLdagi dastlabki olti o‘yindan beshtasida g‘alaba qozondi, Chempionlar ligasida esa ikki o‘yinning ikkalisida ham zafar quchdi. Ular orasida «Lill» ustidan 3:0 hisobidagi yirik g‘alaba ham bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!