
"Arsenal" o‘z maydonida "bo‘rilar"ga imkoniyatni boy berdi
Angliya Premer ligasi 10-turi doirasida "Arsenal" o‘z maydonida "Vulverxempton"ni qabul qilib, 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
O‘yining 27-daqiqasida Netu mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Biroq 3 daqiqadan so‘ng Gabriel hisobni tenglashtirdi. Birinchi taym yakuniada Daniel Podense jamoasini yana bir marotaba oldinga olib chiqdi. Ikkinchi taymda "kanonirlar" hujumlari sonini oshirishdi, lekin himoyachilar aniq uynab, so‘nggi zarba yo‘llashga imkoniyat berishmadi.
APL 10-turidan so‘ng "Arsenal" 13 ochko bilan 14 o‘ringa tushib ketdi, "Vulverxempton" esa ochkolari sonini 17 taga etkazib olib, 6-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Fikrlar