"Arsenal" pushkash nomzodiga ko‘z olaytirmoqda

  • 20 dekabr, 2024, 15:44
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Arsenal" klubi "Vest Xem" futbolchisi Muhammad Qudusga katta qiziqish bildirmoqda.

Tecno

Arteta boshchiligidagi "to‘pchilar" bir necha oydan buyon ganalik vingerni kuzatmoqda. Ispaniyalik mutaxassisga qanot hujumchisining bu mavsumdagi xatti-harakatlari manzur kelgan. Shu bilan birga klub rahbarlari Sakaga o‘rinbosar sifatida ham ushbu variantni ko‘rib chiqmoqda. 

Qudusning klub bilan shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan bo‘lib, uning Transfermarkt portalidagi narxi 50 million evro deb baholanmoqda. Bundan tashqari, Muhammad 2024 yil "The Best"ning pushkash mukofoti uchun nomzodlar orasiga kirdi.

Eslatib o‘tamiz, 24 yoshli vinger bu mavsum 13 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!