“Arsenal” qimmatbaho ikki o‘yinchisini transferga qo‘ydi

  • 2 yanvar, 2024, 11:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Britaniya matbuotining yozishicha, “Arsenal” rahbariyati zaxira o‘rindig‘iga o‘tirib qolgan ikki qimmatbaho o‘yinchini sotib yuborishni rejalashtirmoqda.

Yaqingacha jamoaning asosiy posboni bo‘lgan Aaron Ramsdeyl va hujumchi Eddi Nketia keyingi paytda asosiy tarkibga kira olmayapti.

Klub mutasaddilari qishki transferlar vaqtida yaxshi taklif bo‘lgan taqdirda ularni ushlab qolmaydigan bo‘ldi. Agar rahbariyat kutgan darajadagi summa taklif qilinmasa, bu ikki futbolchi jamoada qoladi.

Ma’lumotlarga qaraganda, Raymsdeylga “Chelsi”dan qiziqish bo‘lyapti. “Kristal Pelas” esa Nketiani o‘z safiga qo‘shib olishni mo‘ljallamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!