“Arsenal” qimmatga olgan yulduzidan voz kechdi
Angliya premyer-ligasida chempionlik uchun kurashayotgan “Arsenal” joriy mavsumdan keyin tarkibda jiddiy o‘zgarishlar qilishni rejalashtirib qo‘ydi.
“Kanonirlar” yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar oynasi davrida 27 yoshli forvard Viktor Dyo’keresh transferi bo‘yicha har qanday takliflarni ko‘rib chiqishga tayyorligini bildirdi.
Bu haqida Indykaila News akkaunti X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida xabar bermoqda.
Londan klubi shved hujumchisini 2025 yilning yozida “Sporting”dan 70 million yevroga sotib olgan edi. Shu vaqt mobaynida Dyo’keresh barcha musobaqalarda 48 ta o‘yinda ishtirok etib, 18 ta gol va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.
Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2030 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 65 million yevroni tashkil qiladi.

Fikrlar