"Arsenal" rahbariyati Artetaga ultimatum qo‘ydi

  • 8 sentabr, 2021, 18:01
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Arsenal" klubi rahbariyati, agar klub keyingi uchta o‘yinda natijani yaxshilamasa, bosh murabbiy Mikel Artetani ishdan bo‘shatishi mumkin.

Tecno

The Sun tarqatgan xabarga ko‘ra, ispaniyalik mutaxassisga premer-liga doirasidan o‘rin olgan "Norvich" va "Byornli"ga qarshi o‘yinlar, shuningdek, Angliya liga kubogidan o‘rin olgan "Uimbldon"ga qarshi o‘yinlarda vaziyatni to‘g‘irlash imkoniyati berilgan.

Eslatib o‘tamiz, "Arsenal" bu mavsumni muvaffaqiyatsiz boshladi. Mavsumning dastlabki uchta uchrashuvida "kanonirlar" bitta ham gol ura olishmadi va birorta ham ochko ham qo‘lga kirita olishmadi. O‘z darvozalaridan esa  9 ta gol o‘tkazib yuborishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!