"Arsenal" "Real" va "Milan" yulduzlariga qiziqish bildirmoqda

  • 11.12.2025 20:38
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

"Arsenal" hujumchi Viktor Gyokereshga ishonishda davom etmoqda, shu sababli yaqin kelajakda uning pozitsiyasi uchun futbolchi sotib olishni rejalashtirmayapti, ammo klub shvedga hujumda yordam bera oladigan futbolchilarni sotib olmoqchi. Bu haqda Caught Offside xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, "kanonirlar" "Milan" qanot hujumchisi Rafael Leau va "Real" vingeri Rodrigo Goesga qiziqish bildirmoqda.

Ta’kidlanishicha, Kay Xaverts va Gabriel Jezus tez-tez jarohat olayotgani uchun "Arsenal" bu hujumchilarga e’tibor qaratmoqda. Shu bilan birga Gabriel Martinelli barqaror o‘yin ko‘rsata olmayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!