
"Arsenal" "Real" va "Napoli" ko‘zlayotgan braziliyalik futbolchini "ilib ketmoqchi"
"Arsenal" shu yoz "Lill" himoyachisi Gabriel Magalyanesni o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira o‘zining tvitterdagi sahifasida ma’lum qildi.
“Kanonirlar” 22 yoshli braziliyalik futbolchi uchun 25 mln evrodan voz kechishga tayyor. Unga xaridor bo‘layotgan "Napoli" 22 mln evro bermoqchi. Ta’kidlash kerakki, Gabrielga “Real”dan ham qiziqishlar bor.
Magalyanes o‘tgan mavsum “Lill” safida 34 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar