“Arsenal” “Roma” bilan kelisha olmayapti

  • 4 yanvar, 2020, 19:07
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning “Arsenal” klubi yarim himoyachi Geynrix Mxitaryanni “Roma”ga sotishdan bosh tortdi. Bu haqda Forza Roma internet nashri xabar tarqatdi.

Tecno

Xabarda aytilishcha, rimliklar 30 yoshli futbolchi uchun “to‘pchilar”ga 10 mln evro taklif etgan. Ammo londonliklar bu taklifni rad etishdi. Shunga qaramay, ular muzokaralarga tayyor ekanligini bildirishgan.

Eslatib o‘tamiz, Mxitaryani sentyabr oyida ijara asosida “Roma” safiga kelib qo‘shilgan edi. Armanistonlik xavbek joriy mavsum “bo‘rilar” safida 10 ta bahsda maydonga tushdi va 3 ta gol kiritib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!