"Arsenal" safarda "Vulverxempton"ga mag‘lub bo‘ldi (video)
Angliya premer-ligasining 22-turida “Arsenal” safarda “Vulverxempton” mehmoni bo‘ldi.
Qiziqarli va murosasiz kechgan o‘yin 2:1 hisobida maydon egalarining g‘alabasi bilan yakunlandi. Shu kuni “Vulverxempton” safida gollarni Ruben Nevesh (45') va Joau Moutino (49') kiritdi. “Arsenal”ning yagona javob goliga esa Nikolya Pepe (32') mualliflik qildi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:

Fikrlar