
"Arsenal" safida "Everton"ga qarshi o‘yindan oldin ayrim yo‘qotishlar bor
Londonning "Arsenal" klubi safida ertaga APLning navbatdagi turi doirasidan o‘rin olgan “Everton”ga qarshi o‘yindan oldin ayrim yo‘qotishlar mavjud.
Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra ertaga Liverpulda bo‘ladigan o‘yinda himoyachi Saed Kolashinats jarohati sabab ishtirok etolmaydi. Shuningdek Mesut O‘zilning ham jarohati hali to‘liq sog‘aygani yo‘q, u ham ertangi bahsni o‘tkazib yuborishi mumkin.
Biroq, Ektor Belerin, Rob Xolding va Granit Jaka kabi futbolchilar safga qaytishgan. Ular “Everton”ga qarshi o‘yinda “Arsenal”ga yordam bera olishadi.
Eslatib o‘tamiz, “Everton” – “Arsenal” bahsi ertaga Toshkent vaqti bilan soat 17:30 da boshlanadi.
Fikrlar