"Arsenal" Sanchesni APLning eng ko‘p maosh oladigan futbolchisiga aylantirishga tayyor

  • 13 aprel, 2017, 22:30
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning “Arsenal” klubi rahbariyati jamoa hujumchisi Aleksis Sanches bilan kelishuvni uzaytirish borasida muzokaralar so‘nggi bosqichiga o‘tgan.

Tecno

Evening Standard nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “kanonirlar” Sanchesga haftasiga 300 ming funtlik (353 ming evro) maosh taklif qilgan. Agar ushbu kelishuv amalga oshadigan bo‘lsa, u holda chililik futbolchi Angliya premer-ligasining eng ko‘p maosh oladigan futbolchisiga aylanadi. Ayni damda esa bu borada “Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Pol Pogba etakchilik qilmoqda. Frantsiyalik futbolchi “MYu”dan haftasiga 290 ming funt maosh oladi.

Taqqoslash uchun, Sanchesning hozirgi paytda “Arsenal”dan 130 ming funt maosh oladi.  Aleksis hozircha “to‘pchilar”ning taklifiga o‘z javobini bildirganicha yo‘q.

Agar Sanches “Arsenal” taklifiga rad javobini bersa, u holda London uni sotib, mo‘may daromad ko‘rishi mumkin. Aytish lozimki, tajribali hujumchiga “Manchester Siti” va “Chelsi” jamoalari jiddiy qiziqish bildirishmoqda.

Ibragimovich va Azar Angliyaning "eng yaxshi futbolchisi" mukofotiga da’vogarlar qatorida

“Manchester Siti” Sanchesni uchun kurashda etakchilik qilmoqda

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!