"Arsenal" sobiq futbolchisi: Agar klub to‘rtlikka kira olmasa, Arteta ketishi kerak

  • 11 avgust, 2022, 16:40
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Arsenal" sobiq futbolchisi Uilyam Gallas Arteta "to‘pchilar"dan ketish xavfi borligini aytib o‘tdi.

Tecno

"Albatta, bu bo‘lishi mumkin. Artetadan o‘tgan mavsum to‘rtlikka kirishni so‘rashgan. Ammo u buni eplay olmadi. 

Bu mavsum esa klub u istagan yangi futbolchilarni sotib oldi. Hammasi murabbiy va futbolchilarning qo‘lida. Rahbariyat jamoa uchun qo‘ldan kelganini qilib berdi. 

Agar klub EChL yo‘llanmasiga ega chiqmasa, yaxshisi, Arteta iste’foga chiqishi kerak. Menimcha, buni Mikelning o‘zi ham yaxshi biladi", - dedi Uilyam. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!