"Arsenal" so‘nggi daqiqalarda o‘tkazib yuborilgan gol evaziga mag‘lub bo‘ldi

  • 7 dekabr, 2021, 05:28
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

APL 15-turidan o‘rin olgan "Everton" - "Arsenal" uchrashuvi yakuniga etdi. Mazkur bahsda maydon egalari 2:1 hisobida raqibdan ustun keldi. 

Dastlab, Edegor birinchi bo‘lim so‘nggida hisobni ochdi. 79-daqiqada Risharlison muvozanatni tikladi. O‘yinning asosiy vaqtiga qo‘shib berilgan daqiqalarda Grey gol urib Mersisayd klubining g‘alabasini ta’minladi. 

Ushbu g‘alabadan so‘ng "Everton" ochkolari sonini 18 taga etkazib olgan holda, APL turnir jadvalida 12-o‘ringa ko‘tarilib oldi. 23 ochkosi bor "kanonirlar" esa 7-o‘rinni band etgan. 



Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!