“Arsenal” superkelabning ikki o‘yinchisini olib ketadi
Angliya Premer-ligasida peshqadamlik qilayotgan “Arsenal” bosh murabbiyi Mikel Arteta jamoa tarkibini yanada kuchaytirish masalasini ko‘rib chiqmoqda.
Ispaniyalik mutaxassis o‘z jamoasiga Italiya chempionati grandi “Milan”dan ikki nafar o‘yinchi olib kelmoqchi. “Kanonirlar” 19 yoshli qanot himoyachisi Davide Bartezagi va 20 yoshli darvozabon Lorentso Torrianiga qiziqyapti.
Bu haqda Calciomercato nashri xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, London klubi ushbu futbolchilarni tezroq transfer qilish rejasini tuzyapti. Qayd etilishicha, londonliklar qishki transferlar oynasi vaqtida katta mablag‘ sarflamaydi, shu bois ikki nafar yosh o‘yinchini nishonga olgan.
Joriy mavsumda Bartezagi barcha musobaqalarda 13 ta o‘yinda ishtirok etib, 2 ta gol va 1 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi. Torriani esa bu mavsumda “Milan”ning asosiy jamoasi safida biror uchrashuvda maydonga tushmadi.
Fikrlar