
“Arsenal” ustozi Artetaning keyingi manzili oshkor bo‘ldi
“Arsenal”ni yana chempionlik uchun kurashadigan jamoaga aylantira olgan Mikel Arteta kelajakda Ispaniyaga qaytib, murabbiylik qilishi haqida ochiqladi.
- Men har doim qachonlardir ortga qaytish haqida o‘ylayman. Yurtim o‘ziga jalb qilaveradi. Buni hech qachon unutmayman.
Hozir “Arsenal”da baxtiyorman, bu erdagi munosabat va ishim o‘zimga juda yoqadi.
Biroq qachondir o‘z yurtimga qaytaman, umrimning oxirgacha uyimdan uzoqda yurish niyatim yo‘q, - dedi Mikel Arteta.
Ispaniyalik mutaxassis “kanonirlar”ni 2019 yildan beri boshqarmoqda. “Arsenal” Artetaning mustaqil tarzda bosh murabbiy qilayotgan ilk jamoasi hisoblanadi. Bungacha Mikel “Manchester Siti”da Xosep Gvardiolaga yordamchilik qilgan.
Fikrlar