"Arsenal" va "Chelsi" "Real Madrid"ning sobiq futbolchisini nishonga oldi

  • 23 oktabr, 15:22
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Mundo Deportivo"ning xabar berishicha, Angliya Premer-ligasining ikki grandi — "Arsenal" va "Chelsi" "Komo" klubi yarim himoyachisi Nikolas Pasni o‘z safiga qo‘shib olish niyatida.

Tecno

Manbaga ko‘ra, ular argentinalik futbolchini Madridning "Real" jamoasiga qaytish imkoniyatidan voz kechishga ko‘ndirishga urinmoqda.

Ma’lumotlarga qaraganda, 21 yoshli Pas APL klublaridan birini tanlashni afzal ko‘rishi mumkin, chunki hozir "Real" safida uning pozitsiyasida juda ko‘p kuchli futbolchilar mavjud.

Joriy mavsumda u Italiya A Seriyasida ettita uchrashuvda maydonga tushib, to‘rtta gol urish va to‘rtta golli uzatma berishga muvaffaq bo‘ldi.

Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, Pasning bozor qiymati 55 million evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!