“Arsenal” va “Liverpool” raqib topgan yulduzni olib ketmoqchi

  • 12.10.2026 19:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Arsenal» va «Liverpul» kabi yirik klublar «Brentford» hujumchisi Kevin Shadega qiziqish bildirmoqda.

Shade 2023 yil iyul oyida «Frayburg»dan 20 million funt evaziga «Brentford»ga o‘tgan. U o‘tgan yozda amaldagi shartnomasining yakuniga ikki yil qolgan paytda yangi mavsumni boshladi.

Shade yangi mavsumni juda yaxshi boshladi  va  Premyer-liganing dastlabki beshta uchrashuvida uchta gol urdi. Bu esa 24 yoshli Germaniya terma jamoasi futbolchisiga bo‘lgan qiziqishni yanada kuchaytirmoqda.

Sky Sports ma’lumotlariga ko‘ra, Shadega eng kuchli qiziqishni «Arsenal» va «Liverpul» bildirmoqda. Shu bilan birga, Kevin «Tottenxem» va «Chelsi»ning ham e’tiborida.

«Brentford» futbolchiga bo‘lgan qiziqishga qarshi chora ko‘rishga harakat qilmoqda va Shade bilan yaxshilangan shartlar asosida yangi uzoq muddatli shartnoma bo‘yicha muzokaralarni boshlab yubordi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!