
"Arsenal" va "Man Siti" o‘zaro "Vest Bromvich" sardorini talashishmoqda
“Vest Bromvich” klubi himoyachisi Jonni Evans “Arsenal” hamda “Manchester Siti” klublarining jiddiy qiziqishiga sabab bo‘lmoqda.
The Telegraph nashrining ma’lum qilishicha yuqorida nomlari tilga olingan har ikkala klub qishki transferlar davrida 29 yoshli futbolchini sotib olishga urinib ko‘rmoqchi. O‘z navbatida “Vest Bromvich” rahbariyati Evansni 30 mln funtdan kamiga sotmoqchi emas.
Manbaaning yozishicha “kanonirlar” bundan avvalroq Evansga 25 mln funt taklif qilishgan, biroq, rad javobini olishgan.
Fikrlar