“Arsenal” va “Real” Xolandni o‘z safiga og‘dirishga tayyor

  • 29.09.2026 09:23
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Arsenal» va Ispaniyaning «Real» klubi «Manchester Siti»da yuzaga kelgan muammolardan foydalanib, hujumchi Erling Holandni oʻz safiga oʻgdirishga tayyor.

Kuni kecha mustaqil komissiya «Manchester Siti»ni Premyer-liganing moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzish bilan bogʻliq 115 ta ayblov bandining 114 tasi boʻyicha aybdor deb topgani maʼlum boʻldi.

Hatto «Manchester Siti» Premyer-ligadan chetlatilishdan qutulib qolgan taqdirda ham, klubga katta miqdordagi moliyaviy jarimalar va ochkolarni olib tashlash kabi jazolar tahdid solishi mumkin.

«Manchester Siti»ning bir muddat Angliya futboli elitasidan tushib qolish xavfi jamoaning yulduz futbolchilari «Etihad»ni tark etishiga olib kelishi mumkin. Football Insider maʼlumotlariga koʻra, «Arsenal» va «Real» allaqachon Holandning vakillari bilan bogʻlangan.

Holandning shartnomasi 2034 yilgacha amal qiladi. Biroq «Manchester Siti» norvegiyalik toʻpurarga sovrinlar uchun muntazam ravishda kurashish imkoniyatini kafolatlay olmasa, Erlingning «Etihad»da qolishini tasavvur qilish qiyin boʻladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!