"Arsenal" yana bir jiddiy transferga tayyorlanmoqda

  • 29 avgust, 2024, 16:56
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Arsenal" Kingsli Komanga jiddiy tarzda qiziqish bildirmoqda.

Tecno

"Dail Mail" nashrining xabariga ko‘ra, "kanonirlar" juma kuni yopiladigan transfer oynasi arafasida "Bavariya" vingerining transferini ko‘rib chiqmoqda. Mikel Arteta bu xarid orqali hujum qanotlaridagi raqobatni kuchaytirmoqchi.

28 yoshli Komanga shuningdek, Saudiya Arabistonining "Al-Xilol" klubi ham "og‘iz solgan". Futbolchi hozirda myunxenliklar haftasiga taxminan 300.000 evro miqdorida maosh oladi. Manbalarga ko‘ra, arab jamoalaridan farqli o‘laroq, "Arsenal"ning bunday katta maoshga ega futbolchini sotib olishi borasida muammolar talaygina.

Frantsiyalik futbolchining amaldagi shartnomasi tugashiga 3 yildan vaqt bor. Eslatish joiz, Koman o‘tgan mavsum Bundesliganing 17 ta o‘yinida qatnashib, 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!