Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

"Arsenal" yana eshik qoqdi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Ular transfer bitmaguncha to‘xtamaydi

«Arsenal» London klubi hali ham «Nyukasl» yarim himoyachisi Bruno Gimaraeshni oʻz safiga qoʻshish niyatidan qaytgani yoʻq.

Jurnalist Fabrizio Romano ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, «kanonirlar» kelasi hafta braziliyalik futbolchini sotib olish boʻyicha muzokaralarni davom ettiradi. Angliya Premier-ligasi chempioni Gimaraesh uchun taklifini yanada yaxshilashni rejalashtirmoqda.

28 yoshli yarim himoyachi Transfermarkt portali bahosiga koʻra 70 million yevro atrofida qadrlanmoqda. Uning «Nyukasl» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yozigacha moʻljallangan.

Oʻtgan mavsum Angliya chempionati doirasida Bruno 29 ta oʻyinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma muallifiga aylandi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q