“Arsenal” yangi chiqqan vunderkindni nemis klublari bilan talashyapti

  • 28.12.2025 11:37
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Bu haqida Footmercato jurnalistlari ma’lumot chiqardi. Unga ko‘ra, 18 yoshli frantsiyalik futbolchini Angliya Premier-ligasida peshqadamlik qilayotgan “Arsenal” darrov nishonga olgan.

Frantsiya chempionatida “Marsel” safida o‘ynay boshlagan yarim himoyachi Darril Bakola turli klublarning e’tiborini o‘ziga karata boshladi va transfer bozorida unga talab ortib bormoqda.

Noyob iqtidori egasini qo‘lga kiritish uchun “kanonirlar” nemis klublari, xususan, “Shtutgart” va “Borussiya Dortmund” bilan raqobat olib borishiga to‘g‘ri keladi.

Bakolaning klub bilan tuzgan mehnat shartnomasi 2027 yilning yozigacha amal qiladi. Joriy mavsumda Bakola Frantsiya chempionatining yettita uchrashuvida ishtirok etdi.

Bundan tashqari, yarim himoyachi Yevropa Chempionlar ligasining umumiy bosqichida Angliyaning “Nyukasl” jamoasiga qarshi o‘yinda (2:1) maydonga tushib, golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!