"Arsenal" yarim himoyachisi faoliyatini La Ligada davom ettiradi

  • 12 iyul, 2024, 10:14
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Arsenal" a’zosi Sambi Lokongo faoliyatini La Ligada davom ettiradigan bo‘ldi. Yarim himoyachining keyingi klubi "Sevilya" bo‘ladi. 

Tecno

Fabritsio Romano xabar berishicha, belgiyalik futbolchi uchun Ispaniya klubi 12 million evro to‘laydi. Shu bilan birga, "kanonirlar" Lokongoning keyingi transfer pulidan 25 foizini o‘ziga olib qoladi.

Sambi 2021 "Anderlext"dan 17 million evro evaziga londonliklar safiga kelib qo‘shilgan. Shundan beri u "Luton" va "Kristal Pelas" jamoalarida ijarada o‘ynadi. Umuman olganda, 24 yoshlining xaridi omadli bo‘lgani yo‘q. 

Lokongo tez orada "Sevilya" uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. O‘tgan mavsumni ko‘ngildagidek o‘tkazmagan klub bu yozda yaxshi transferlarni amalga oshirishda davom etadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!