"Arsenal" yozda himoyani ham kuchaytirmoqchi

  • 11 iyun, 16:38
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Arsenal" markaziy himoyachi izlashda davom etmoqda va bu borada klubning diqqati Angliya terma jamoasi a’zosi Mark Gexiga qaratilayotgani aytilmoqda. Bu haqda "Gunner Blog" nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, "Kristal Pelas" futbolchisining o‘yin uslubi "kanonirlar" rahbariyatiga juda ma’qul kelgan. Gexining amaldagi shartnomasi yana bir yilga mo‘ljallangani sababli, u yozgi transfer bozorida sotilishi mumkin.
 

Tecno

Avvalroq xabar berilishicha, "Kristal Pelas" futbolchi uchun taxminan 60 million evro talab qilmoqda. O‘z navbatida, Gexi muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishni xohlamoqda, chunki uning asosiy maqsadi — 2026 yilgi Jahon chempionatida Angliya terma jamoasining asosiy tarkibiga kirish hisoblanadi.
 

Ma’lumot o‘rnida, 24 yoshli fulbek yakunlangan mavsumda 44 ta bellashuvda ishtirok etib, 3 ta gol urgan va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Uning Transfermarkt portalidagi narxi esa 45 million evro deb baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!