“Arsenal” yozda PSJ yulduzini sotib olmoqchi

  • 17.02.2026 23:44
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

PSJ hujumchisi Usmon Dembele faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.

Fichajes nashri xabariga ko‘ra, forvardni Londonning "Arsenal" klubi o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. "Kanonirlar" rahbariyati yozda fransiyalik futbolchini transfer qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Hozircha futbolchining o‘zi bunday o‘tishdan manfaatdormi yoki yo‘qligi noma’lum.

Usmon Dembele PSJga 2023 yilda "Barselona"dan 50 million yevro evaziga o‘tgandi. Uning shartnomasi 2028 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. Joriy mavsumda hujumchi Parij klubi safida barcha musobaqalarda 24 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va yettita golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali Dembeleni 100 million yevroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!