“Arsenal” yulduzi Saudiyaga ketishga ko‘ndi

  • 28.08.2026 18:19
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Arsenal” vingeri Gabriyel Martinelli Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubiga o‘tishga rozilik berdi. Bu haqida jurnalist Fabrizio Romano X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, transfer qiymati 65 million evrodan ortiq bo‘ladi. Bitim yakuniy kelishuvga juda yaqin.

Martinellining “Arsenal” bilan shartnomasi 2027 yil yozigacha amal qiladi va unda yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati mavjud.

Futbolchi 2019 yildan beri “kanonirlar” sharafini himoya qilib kelmoqda. Shu vaqt mobaynida u jamoa safida barcha musobaqalarda 296 ta uchrashuv o‘tkazib, 68 ta gol urgan va 38 ta golli uzatma amalga oshirgan.

Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining hozirgi bozor qiymati 45 million evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!