“Arsenal”da katta tozalash: 11 futbolchi ketadi!

  • 6 aprel, 11:16
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Arsenal” katta ehtimol bilan joriy mavsum yana Angliya chempionligini qo‘lga kirita olmaydi. Londonliklar peshqadam “Liverpul”dan sezilarli darajada orqada qolib ketgan.

Mikel Arteta kelasi mavsumga tayyorgarlikni hozirdan boshladi. U tarkibni qayta tuzishga qaror qilgan.

Ispaniyalik mutaxassis yangi loyihaga kirmaydigan 11 nafar futbolchi bilan xayrlashadi. Birinchi navbatda, “Bornmut”dan ijaraga olingan va ishonchni oqlay olmagan darvozabon Netu ketadi.

Himoya chizig‘i vakillaridan Kiran Tirniga yangi bitim berilmaydi, Taxekiro Tomiyasu jismoniy holati tufayli sotuvga qo‘yiladi. Hozir “Latsio”da yurgan Nunu Tavereshga ham jamoada joy yo‘q.

Yarim himoyachilardan Tomas Partey va Jorjino erkin agentga aylanyapti. “Sevilya” va “Portu”ga ijaraga jo‘natilgan Albert Sambi Lokonga va Fabio Vieyra transferga qo‘yiladi.

Hujum chizig‘i ham yangilanadi. Rahim Sterling, Reyss Nelson va Lendro Trossar ham Mikel Artetaning rejalaridan o‘rin olgani yo‘q.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!