Arshavinning faoliyatidagi eng yorqin o‘yin qaysi?

  • 01.12.2020 19:27
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Zenit", "Arsenal" klublari va Rossiya terma jamoasi sobiq futbolchisi Andrey Arshavinning farzandlari uning faoliyatidagi eng yaxshi o‘yin qaysi ekanligini aytdi.

14 yoshli Artyom, 12 yoshli Yana va 8 yoshli Arseniy “Evro-2008” chorak finalidagi Rossiya – Gollandiya (3:1) o‘yinini Arshavinning faoliyatidagi eng zo‘r o‘yin deb topdi. Aytish kerakki, o‘sha bahsda Andrey qo‘shimcha bo‘limlarda gol urib jamoasining g‘alabasini mustahkamlagan edi.

“U doimo o‘sha uchrashuvni faoliyatidagi eng epik va eng muhim o‘yini sifatida eslaydi”, - dedi Artyom.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!