Arslonbek Tojiev “Katta dubulğa” turnirida kumush medalni qo‘lga kiritdi

  • 29.08.2026 22:24
  • Javohir Malikov
  • 0
  • Dzyudo
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Shveytsariyaning Lozanna shahrida tashkil etilayotgan “Katta dubulğa” musobaqasida ikkinchi medaliga sazovor bo‘ldi.

Bugun kechgan -81 kg vazn toifasidagi bahslarda yurtdoshimiz Arslonbek Tojiev saralashda barcha raqiblarini mag‘lub etib, finalgacha yetib bordi. Hal qiluvchi bahsda qozoqistonlik Ablayxan Jubanazar bilan kurashgan yurtdoshimiz imkoniyatni boy berdi va kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Bu haqida MOQ xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!