Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Arteta: “Adolatli penalti bekor qilindi”

Muhammadqodir Ruzmatov
Izohlar: 0

Birinchi oʻyin 1:1 hisobida yakunlandi.

Chempionlar ligasining yarim finalidan o‘rin olgan bahsda "Atletiko" o‘z uyida "Arsenal"ni qabul qilib, 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Bahsda so‘ng "kononirlar" bosh murabbiyi Mikel Arteta jamoasi foydasiga penalti berilmaganligi ta’kidladi.

“Ezega nisbatan toza penalti bor edi va nega VAR hakamni chaqirib, uni bekor qilganini tushunmayman.Birinchi ikkita penalti to‘g‘ri belgilandi. APLda ushbu holatlarga berilmasdi, lekin bu Chempionlar ligasi, bu yerda bunday epizodlarda beriladi. Ikkinchi bo‘limning boshlanishi yoqmadi, lekin oxirgi 15–20 daqiqa yaxshiroq o‘tdi”, — dedi Arteta

Ma’lumot uchun, jamoalar o‘rtasidagi javob uchrashuvi 5 maydan 6 mayga o‘tar kechasi Londondagi “Emireyts” stadionida bo‘lib o‘tadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q