Arteta APL chempionligidan keyin “Arsenal”ga zo‘r yangi futbolchilar tanladi

  • 01.06.2026 08:11
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Arsenal”ni uzoq tanaffusdan keyin Angliya chempioniga aylantirgan bosh murabbiy Mikel Arteta yozgi transfer oynasi uchun oʻz klubining ustuvor vazifasini aniqlab oldi.

Arteta klubning transfer rejasini tuzishda faol ishtirok etmoqda. Moliyaviy feyr-pley qoidalari tufayli “Arsenal” oʻtgan yilgidek 250 million funt sarflay olmaydi, biroq Mikelga baribir jiddiy dastak beriladi.

The Guardian nashrining xabariga koʻra, Arteta kelayotgan yoz uchun Kay Haverts va Viktor Dyokereshni toʻldirib turadigan hujumchini taklif qilishni ustuvor vazifa etib belgilagan va “Arsenal” tomonidan Xulian Alvaresga katta qiziqish mavjud.

Arteta uchun yana bir orzudagi xarid Xvicha Kvaratsxeliyadir. Biroq PSJ oʻzining gruziyalik yulduzini qoʻyib yubormaydi.

Ispaniyalik murabbiy har ehtimolga qarshi oʻzi kutayotgan bu ikki yulduzga muqobil variantlar ham topib qoʻydi. “Kanonirlar” ana shu maqsadda, “Bornmut”dan Eli Junyor Krupi, “Nyukasl”dan Entoni Gordon, PSJdan Bradli Barkolya va “Atletik”dan Niko Uilyams nomzodini ham koʻrib chiqmoqda.

Bundan tashqari, “Arsenal” kelasi mavsum oldidan tarkibda tozalash ham oʻtkazadi. Birinchi navbatda, klub Kristian Nörgör, Itan Nvaneri, Gabriyel Martinelli va Gabriyel Jezus bilan xayrlashishi kutilyapti.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!