Arteta: Bunaqa oʻyinchi yaxshisi kuchini boshqa joyda koʻrsatsin
«Arsenal» jamoasining bosh murabbiyi Mikel Arteta futbolchilarning motivatsiyasiga oid savolga javob berdi.
Murabbiy bu borada qisqa, lekin aniq pozitsiyani bildirdi. Ispaniyalik mutaxassisga ko‘ra, agar kimdadir ruhiy tayyorgarlik yoki ishtiyoq bilan bog‘liq muammo bo‘lsa, u bunday futbolchi uchun jamoani o‘zgartirgan ma’qul.
«Motivatsiya? O‘ylashimcha, birinchi kundanoq bizning talabimiz aniq aytilgan. Agar jamoada kimdir boshqacha o‘ylasa, bu yerda qolishi shart emas, o‘ziga boshqa jamoa topib, kuchini o‘sha yerda ko‘rsatgani ma’qul», – deya Artetaning so‘zlarini keltiradi Arsenal Radar.
«Arsenal» yangi mavsumni Angliya premyer-ligasida ikki g‘alaba bilan boshladi. O‘tgan mavsumda esa londonliklar nihoyat chempionlik unvonini qo‘lga kiritgan edi.

Fikrlar