Arteta “dunyodagi eng zo‘r jamoani” yaratishga bel bog‘ladi

  • 17.09.2026 09:42
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliyaning amaldagi chempioni “Arsenal” bosh murabbiyi Mikel Arteta “dunyodagi eng yaxshi jamoa tuzish”ni xohlashini bildirdi.

Endi Arteta bu muvaffaqiyatni yanada rivojlantirish va mustahkamlashni istamoqda. Uning maqsadi – “Arsenal”ni nafaqat Premier-ligada, balki butun dunyoda eng yaxshi klublardan biriga aylantirish.

- Albatta, bizning oʻrta va uzoq muddatli maqsadlarimiz bor. Ular dunyodagi eng yaxshi klubni yaratishdan iborat.

Menimcha, biz bunga intilishimiz kerak. Bunda hech qanday shubha yoʻq. Ammo bu maqsadga erishish va uni amalga oshirish ehtimolini oshirish uchun har kuni juda koʻp ish qilish kerak.

Shuningdek, odamlarga, avvalo, bizning ajoyib egalarmizga juda qattiq tayanish lozim. Menimcha, ular klubni shu darajaga olib chiqish uchun yetarlicha motivatsiya va ambitsiyaga ega.

Bundan tashqari, xodimlar, futbolchilar va ayniqsa muxlislar bilan yaqin aloqa oʻrnatish kerak. Atrofimizda toʻgʻri muhit va toʻgʻri ekotizimni shakllantirish zarur. Bunda barcha bir xil maqsad va ambitsiyalar bilan yashashi hamda har kuni shu maqsad sari intilishi kerak, - deya Arteta soʻzlarini keltiradi Sky Sports.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!