Arteta: "Gvardiolaning 1000-uchrashuvi — tarixiy yutuq"
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta Xosep Gvardiola haqida fikr bildirdi. Yakunlanuvchi haftada "Manchester Siti" Gvardiola qo‘l ostida murabbiy sifatida o‘zining 1000-o‘yinini "Liverpul"ga qarshi o‘tkazadi.
"Bu qanday belgi, qanday karera! U futbolda, hatto sportning o‘zida ham barcha uchun ilhom manbai bo‘ldi, ayniqsa men uchun.
Bu ajoyib yutuq. U tarixga eng yaxshi namuna sifatida kiradi va bunday natijaga ozgina odamlargina erisha oladi. O‘ylaymanki, bu futbol tarixida yillar davomida eslab qolinadi", – deya ta’rif berib o‘tdi londonliklar mutaxassisi.
Ma’lumot o‘rnida, "kanonirlar" bu turda "Sanderlend" bilan kuch sinashadi. To‘qnashuv bugun 22:30’da start oladi.
Fikrlar