
Arteta jamoa yulduzi bilan urishib qoldimi?
“Arsenal” bosh murabbiyi Mikel Arteta jamoaning eng mashhur o‘yinchisi Per-Emerik Obameyang bilan mojaroga borgani haqida xabarlar tarqaldi.
Ispaniyalik mutaxassis gabonlik hujumchini “Everton”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuv qaydnomasiga kiritmadi. Sky Sports kanalida ekspert bo‘lib ishlayotgan sobiq futbolchi Gari Nevill “kanonirlar” ustozi jamoa sardori Per-Emarik Obameyang bilan kelisha olmay qolganini taxmin qilib, uni tezroq sotib yubormoqchi ekanini aytdi.
Bunga javoban Mikel Arteta Nevillning gaplari haqiqatdan uzoq ekanini va 32 yoshli hujumchi bilan xayrlashish niyatida emasligini uqtirdi.
- Rosti biz hech qachon bu masalani muhokama qilmaganmiz. Biror o‘yinchi yoki jamoaning o‘zi qiyin vaziyatga tushib qolganida hamma bir-birini qo‘llashi kerak. Shogirdlarim bilan munosabatim joyida. Hamma men klub va jamoa manfaati uchun harakat qilayotganimni yaxshi anglashi lozim, - dedi Mikel Arteta.
Fikrlar