Arteta jarohatlangan futbolchilar haqida gapirdi
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta matbuot anjumanida jamoadagi kadrlar holatiga toʻxtalib oʻtdi.
"Saka? Uning soni bilan bogʻliq muammo ancha yaxshilandi. Yaqin orada safga qaytishiga umid qilaman. Edegor tiklanmoqda, bu bir necha kunlik masala. Timber joyida — u dam olish kunlarida oʻynashga tayyor.
Douman hali mashgʻulotlarda qatnashmadi. Unga bir necha hafta kerak boʻladi, ammo u rivojlanmoqda. Merino esa, afsuski, bir necha oyga safdan chiqdi. Biz uni qoʻllab-quvvatlashimiz kerak, chunki u jamoaga katta foyda keltiradi", — dedi Arteta jurnalistlarga.
7 fevral, shanba kuni "Arsenal" Angliya chempionati doirasida oʻz maydonida "Sanderlend"ni qabul qiladi.

Fikrlar